Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, iOS operatsion tizimida ishlovchi yangi qurilmalar orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
“ATTO” mobil ilovasining ushbu yangi operatsion tizimi va u bilan bevosita to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘lgan yangi qurilmadan hozirda Toshkent metropolitenining Buyuk Ipak Yo‘li bekatida foydalanish imkoniyati mavjud. Yaqin orada mazkur qurilmani Chilonzor bekatida, keyinchalik bosqichma-bosqich barcha metro bekatlarida joriy qilish ko‘zda tutilgan.
“ATTO” MCHJ texnik xodimlari bu haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov O‘zA