FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi “Chimboy chevarlari” ishlab chiqarish kooperatsiyasi hokim yordamchisi Azizbek Tojetdinov tashabbuskorligida tashkil etilgan.

Korxonada bolalar va ayollar uchun trikotaj kiyimlar ishlab chiqariladi. Ayni paytda bu yerda mahallaning 22 nafar xotin-qizi ish bilan ta’minlangan.

– Faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishimiz uchun 81 million so‘m miqdorida subsidiya mablag‘i ajratildi, – deydi kooperatsiya rahbari Guljamol Tursunboyeva. – 16 ta zamonaviy tikuv uskunalari sotib oldik. Buyurtmalarimiz ko‘p. Shuningdek, mahsulotlarimiz mahalliy bozorga ham chiqarilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA