Xitoyning Shinjon-uyg‘ur avtonom tumani janubidagi baland tog‘larda yangi optik teleskop o‘rnatilishi haqida xabar berildi.

Xitoy Fanlar akademiyasi qoshidagi Shinjon rasadxonasi ma’lumotiga ko‘ra, yangi teleskop dengiz sathidan 4250 metr balandlikda joylashgan Shinjon-uyg‘ur avtonom tumanining janubiy qismidagi tog‘lardagi kuzatuv bekatiga o‘rnatiladi.

Xitoyda uchinchi yirik teleskop 1.9 metr bo‘lib, 2024 yil iyunda ishga tushadi.

Mutaxassislarning aytishicha, yangi teleskop yordamida olingan astronomik tasvirlarning eng yaxshi sifati 0.4 burchak soniyasiga yetishi mumkin.

O‘zA