Jamoatchilik muhokamasi uchun

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Farmon loyihasi:

inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;

hamda mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2023 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus 2023.strategy.uz hamda davlatdasturi.uz yoki Hukumatning regulation.gov.uz portallari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi @dscuzbekistan va @YangiTaraqqiyotStrategiyasi telegram kanallari orqali bildirishlarini so‘rab qoladi.

Unutmang, siz tomoningizdan bildirilgan taklif va tashabbuslar 2023 yilgi Davlat dasturida belgilanadigan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA