Yengil atletika bo‘yicha BAAda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kunida ham O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari shohsupaga ko‘tarildi.

Chempionatning  ko‘pkurash bahsida Nodir Norboyev hamda 400 metrga yugurush dasturida Jonbibi Hukmova barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 3000 metrga stipl-chez dasturida bahslashgan  Dilshoda Usmonova va Mashhura Soibova kumush hamda bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, musobaqaning ikkinchi kuni vakillarimiz 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga ega chiqdi. Hozirda delegatsiyamiz hisobida

4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza jami 7 medal mavjud.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA