Jizzax shahrida qilichbozlik bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining shamshir bo‘yicha jamoaviy bahslarda g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarida Jizzax jamoasi finalda Qoraqalpog‘iston-1 jamoasini yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Yarim final bahslarida mag‘lubiyatga uchragan Toshkent-Milliy klub hamda Qoraqalpog‘iston-2 jamoalari esa shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston -1 va 2 jamoalari oltin hamda kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Toshkent viloyati kumush, Toshkent -1 jamoasi bronza medali bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA