FOTOREPORTAJ

Termiz shahri kamondan otish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda. “Alpomish arena” o‘yingohida mazkur musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanada so‘zga chiqqan jamoatchilik vakillari yurtimizda sportni ommalashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar hamda ularning samarasi xususida to‘xtalib o‘tdilar. “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari va boshqa nufuzli turnirlarda sportchilarimizga ulkan omad va zafar tiladilar.

Shundan so‘ng merganlik bahslariga start berildi. Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 250 nafardan ortiq sportchi kuch-mahoratini namoyish etmoqda. Unda kattalar va yoshlar 70 metrga , o‘smirlar 60 hamda kichikroq yoshdagilar esa 50 metrga qarata nishonga o‘q otib, g‘oliblik uchun kurashmoqdalar.

Musobaqa 27-aprel kuniga qadar davom etadi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA