Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida kuchli yomg‘irdan jabr ko‘rgan 110 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda mahalliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qilgan.

– Jabrlangan hududlardan evakuatsiya qilingan 25 800 kishi zudlik bilan xavfsiz manzilga joylashtirildi, – deb yozgan “Sinxua” agentligi viloyat favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga tayanib.

Hukumat yog‘in oqibatida yuzaga kelgan toshqinga qarshi kurashni kuchaytirmoqda.

Dushanba kuni bir necha hukumat idorasi, jumladan Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Suv toshqini, qurg‘oqchilikka qarshi kurash davlat qarorgohi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda tezkor yordam va qutqaruv amaliyoti, shuningdek kuchli yog‘ingarchilikning yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Avvalroq mamlakatda yuzaga kelgan o‘ta noqulay ob-havo, sharros yomg‘ir tufayli 11 kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingandi.