Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri Barkamol avlod mahallasida tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda.

Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish hisobiga bu yil 500 mingga yaqin aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha katta marralar olingani qayd etildi.

Bunda, qishloq xo‘jaligida – 285 ming, xizmatlar va tadbirkorlikda – 175 ming, investitsiya loyihalari hisobiga – 45 mingta.

–Albatta, bu marralarga faqat va faqat tadbirkorlarga tayanib, ularni qo‘llab-quvvatlab erishish mumkin, – dedi davlatimiz rahbari. – Kuni kecha imzolangan qarorga ko‘ra, viloyatda oilaviy tadbirkorlik uchun bu yil 950 milliard so‘m yoki 2 baravar ko‘p imtiyozli kreditlar ajratiladi (o‘tgan yili 480 milliard so‘m).

Shuningdek, aholini daromadli ish bilan ta’minlash maqsadida 45 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari beriladi (2022 yilda 15,5 mlrd so‘m bo‘lgan).

Shu bilan birga, bu yildan eng og‘ir tumanlar alohida toifalarga ajratildi.

Namangan viloyatida Mingbuloq

5-toifaga, Norin tumani 4-toifaga kirgan.

Ulardagi tadbirkorlarga soliq to‘lash, kredit va kafolat olish, davlat bojlarini to‘lashda katta yengilliklar berildi.

O‘zA