Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri Barkamol avlod mahallasidagi “Nihol Fayz” tikuvchilik korxonacida tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi besh yilda Namanganda sanoat, xizmatlar va tadbirkorlikning boshqa sohalarida “katta sakrash” bo‘ldi. Masalan, viloyatda korxonalar soni 15 mingtaga ko‘payib, 32,5 mingtaga yetdi.

Bu davrda xususiy biznes ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi 1,6 baravar oshib, 8,3 trillion so‘mga yetdi. Bu – respublika bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlari, degani.

–Tasavvur qiling, olti yil avval dotatsiyada bo‘lgan viloyat bugungi kunda mustahkam daromadga ega bo‘ldi, zamonaviy sanoat

va kuchli tadbirkorlar shakllandi. Oddiy qilib aytganda, Namangan hech mubolag‘asiz, tadbirkorlar yurti, kichik

va o‘rta biznes markaziga aylandi, – dedi davlatimiz rahbari. – Ayniqsa, Namangandagi kichik sanoat zonalariga yaratilgan sharoitlar, ularga e’tibor tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yaqqol namunasi bo‘ldi. Bugun sizlar bilan uchrashayotgan “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasi men hozir ko‘rgan yangi korxonalar buni amaliy isboti. Shu bois, bugungi “ochiq muloqotimiz”ning aynan Namanganda bo‘layotgani ham bejiz emas.

 

O‘zA