“Transparency International” xalqaro nodavlat tashkiloti Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2022 yil natijalarini e’lon qildi.

180 davlat orasida O‘zbekiston 31 ball bilan 126 – o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz ballari 3 taga oshib, o‘rni 14 pog‘onaga yaxshilandi (2021 yilda 140 – o‘rin).

Ma’lumot uchun, Korrupsiyani qabul qilish indeksi 1995 yildan buyon e’lon qilinib kelinadigan davlat tizimida korrupsiyaning qabul qilinish darajasini aks ettiruvchi hamda ekspertlar va ishbilarmonlar so‘rovi asosida shakllanuvchi 13 manbadan tashkil topgan yillik indeks hisoblanadi. O‘zbekiston mazkur manbalarning 7 tasi bo‘yicha baholanadi.

Bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko‘rsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.

Mamlakatimiz mazkur indeksda so‘nggi 6 yil davomida o‘sish sur’atlarini qayd etayotgan (2017 yilda 22 balldan 2022 yilda 31 ballgacha) davlat sifatida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining aksilkorrupsiya islohotlarini tizimli ravishda amalga oshirayotgan davlatlar qatorida qayd etildi.

 

O‘zA