“Turkiston” san’at saroyida “San’at do‘stlik elchisi” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturi xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etish, millatlararo do‘stlik, hamjihatlik va madaniy aloqalarni targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Dastur Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi ko‘magida tashkil etildi.

Unda poytaxtimizning Sergeli tumani Madaniyat bo‘limi qoshidagi “Yangi avlod Erkatoy-Elnur” vokal va raqs jamoasi hamda havaskor «Uyg’ur Band» jamoalari bilan  birgalikda Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan «Dolan Uygur Xalq raqs (ussul) ansambli» tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlar yangradi.

Konsertda har bir jamoa vatan, ona madhi, sevgi muhabbat kabi g‘oyalarni targ‘ib etuvchi milliy urf-odat va an’analarni o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodi, namunalari, kuy qo‘shiqlar, o‘z hududiga xos milliy raqslarni namoyish etdi.

Dasturi davomida Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan «Dolan Uygur Xalq raqs (ussul) ansambli»ning badiiy rahbari Baxtiyar Imramziyev va O‘zbekiston Respublikasi qozoq madaniyat markaz raisi Serikbay Usenovga “Do‘stlik” medali taqdim etildi. Ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi uchun “Yangi avlod Erkatoy-Elnur” vokal va raqs jamoasi hamda havaskor «Uyg’ur Band» jamoalari badiiy rahbari Yekimyamga “Ardoq ustoz” va “Qurmet iyesi”(“Hurmat egasi”) medali bilan mukofotlandi.

Shu o‘rinda aytish kerak, ushbu konsert madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaydi hamda turli millat vakillarining san’atini noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.

G.Sattorova, Nosir Haydarov (surat)O‘zA