Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 2019 yil 28 avgustdagi qarzdor A.A.dan voyaga yetmagan bolalar uchun D.S. foydasiga aliment undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Byuroning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor A.A. doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzilda davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor borilganida topilmaganligi, hozirgi yashayotgan manzili aniq bo‘lmaganligi hamda aliment nafaqasi 2 oydan ortiq vaqt mobaynida qasddan to‘lanmaganligi sababli, unga nisbatan 2022 yil 10 martda Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’ba inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida alimentdan qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi. Aliment qarzdorligi to‘lanmay kelganligi sababli, unga nisbatan ish hujjatlari to‘planib, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudiga yuborildi. Ushbu sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazo chorasi qo‘llanildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA