Nukus shahri, “Temir yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini 22-kichik tumanida joylashgan 8/1-sonli 4 qavatli turar joy binosida xonadonlarning birida 2023 yilning 29 yanvar kuni sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar 5 nafarga yetdi.

Voqea joyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmati tomonidan 5 nafar fuqaroning jasadi olib chiqilgan. Xodimlar 5 yoshli qizaloqni qutqarib qoldi, u shifoxonaga yotqizildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qutqarilgan fuqarolarning sog‘ligi nazoratga olingan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA