Tibbiy ta’lim, ilm-fan va amaliyot sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Toshkent davlat stomatologiya institutiga keldi.

Qirg‘iziston stomatologlari assotsiatsiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya TDSI taqdimotida ishtirok etdi, institutning salohiyati va rejalari bilan tanishdi. Tadqiqotlar, o‘qituvchilar va talabalar akademik almashish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

Delegatsiya a’zolari «Talabalarning stomatologik poliklinikasi», «Simulyatsiya markaz» va ixtisoslashtirilgan kafedralarda bo‘ldi.

TDSI rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda institut talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda  «Stomatologiya» va «Umumiy tibbiyot» yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

O‘zA