Dunyoning eng keksa odami, fransiyalik ayol Andre Lyusil Randon 118 yoshida vafot etdi.

Fransuz matbuotiga ko‘ra, Andre Fransiya janubidagi Tulon shahridagi qariyalar uyida yashagan va u seshanbaga o‘tar kechasi vafot etgan.

Lyucil Randon 1904 yil fevral oyida tug‘ilgan, o‘tgan yilning 25 aprelidan beri dunyoning eng keksa aholisi hisoblanadi. Bu ayol juda keksa bo‘lishiga qaramay, 2021 yilning boshida COVID-19 kasalligidan tuzalib ketgan edi.

O‘zA