Ayni daqiqalarda davlat rahbari Parlament va O‘zbekiston xalqiga murojaat qilmoqda.

–Bu yil 381 nafar sportchimiz jahon va Osiyo musobaqalarida, 43 nafar iqtidorli va bilimdon yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalari hamda tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgani, barchamizni albatta, quvontiradi.

Nuroniy otaxon va onaxonlarimiz oila davrasida, Haj va Umra ziyoratlarida shukronalik duolarini qilayotgani, bizga kuch va g‘ayrat bag‘ishlamoqda.

bugungi kunda, O‘zbekiston jahon siyosati markazlaridan biriga aylanayotgani, xalqaro hamjamiyat buni keng e’tirof etayotgani ham, ayni haqiqatdir.

Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari hamda o‘nlab yuqori darajadagi xalqaro anjumanlarga mezbonlik qildik va muhim tashabbuslarni ilgari surdik.

Bular ham mamlakatimizning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Mana shunday katta yutuqlarga erishishda fidokorona mehnati bilan hissa qo‘shgan har bir yurtdoshimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman,– O‘zbekiston Prezidenti.

O‘zA