FOTOREPORTAJ

Nukusda “Yosh kitobxon” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning dastlabki mahalla, sektor, tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 51 nafar nafar kitobxon ishtirok etdi. Ular 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida o‘zaro bahslashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10-14 yosh toifasida To‘rtko‘l tumani Kaltaminor mahallasidan Maya Xoldurdiyeva, 15-19 yosh toifasida Xo‘jayli tumani Jana jap mahallasidan Feruza Abdireyimova, 20-30 yosh toifasida Qo‘ng‘irot tumani Qirq qiz mahallasidan Shoira Zikrillayeva birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ular tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

G‘oliblar Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA