Toshkent shahri Mirobod tumani Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan 3 qavatli noturar bino-inshoot onlayn-auksionga qo‘yildi.

2013 yilda qurilgan, ayni paytda “ALOQABANK” ATB ofisi joylashgan mazkur binoning boshlang‘ich narxi 302 milliard so‘m etib belgilandi. Mulk jihozlari bilan sotiladi.

Bino maydoni 7345 kv.metrni, yer maydoni esa 39,8 sotixni tashkil etadi.

Arizalar 2023 yilning 6 yanvar kuni soat 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdo 10:00 da boshlanadi. Savdo auksionda oshirib borish tartibida o‘tkaziladi.

 

O‘zA