Energetika vazirligi va Koreya energetika agentligi hamkorligida navbatdagi loyiha amaliyotga tatbiq etildi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur loyiha asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida chiqindi mahsulotlaridan qattiq yoqilg‘i (pellet) ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.

–Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 ming tonnani tashkil etadi. Zavod ishga tushishi natijasida 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Muqobil yoqilg‘i turlaridan biri hisoblangan mazkur qattiq yoqilg‘i mahsulotidan xonadonlar va ijtimoiy soha ob’ektlarini isitishda foydalaniladi. Zavod Energetika vazirligi va Koreya energetika agentligining hamkorlikdagi navbatdagi loyihasi bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot respublikamizda muqobil yoqilg‘i turini rivojlantirishga va energiya resurslarini tejashga xizmat qiladi, –dedi Energetika vazirligi matbuot xizmati bosh mutaxassisi Obidjon Dilmurodov.

Ma’lumot o‘rnida, pellet – turli xil don ekinlarining somoni, makkajo‘xori poyasi, deyarli barcha o‘simliklarning ildizlari va barglari, yog‘ochni qayta ishlashdan chiqqan chiqindilar hamda maishiy chiqindilardan tayyorlanadi.

O‘zA