Kegeyli tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi va o‘rinbosarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raisining sud-huquq masalasiga bag‘ishlangan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda 23 nafar fuqaroning inson huquqlari, tadbirkorlik, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar va boshqa sohalar bo‘yicha o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha muammosi tinglandi. Shundan 6 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 11 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 4 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha, 2 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatni tashkil etdi.

Sayyor qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA