FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan I.Yusupov nomidagi ijod maktabida 203 nafar o‘quvchi saboq olmoqda.

Ta’lim dargohida chuqur bilim va katta ish tajribasiga ega pedagoglar talaygina. Ulardan biri maktabning o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Guljon Abdullayeva ta’lim sohasida 33 yillik tajribaga ega.

Muallima Guljon Abdullayevani maktabda o‘quvchiyu o‘qituvchilar  yuksak qadrlaydi. O‘z ishiga fidoyiligi, hamisha izlanishdan charchamasligi, yangicha pedagogik metodlar ustida izlanishi, har bir darsni noan’anaviy tarzda tashkil etishi uning muvaffaqiyatlari omili bo‘lmoqda.

Pedagogning bir qator shogirdlari fan olimpiadalarining shahar va respublika bosqichlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Ta’lim tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatlari samarasi Guljon Abdullayeva 2019 yil davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA