Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining faxriy mehmoni – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Qur’on oyatlari tilovat qilindi.

Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishida Islom Karimovning xizmatlari katta bo‘lganini ta’kidladi.

O‘zA
Siroj ASLONOV,  Jonibek QO‘ZIMURODOV,
olgan suratlar.