“Uzbekistan Airways Sales” yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2022 yil iyul-avgust oylari mobaynida yangi ish jadvaliga o‘tdi, unga ko‘ra markaziy aviakassa har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Yozgi va kuzgi sayohat mavsumida yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ joriy yilning 18 avgustidan boshlab Toshkent-Tokio-Toshkent, 19 avgustidan boshlab Urganch-Milan- Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarni boshlaydi.

Bundan tashqari, Italiyaning yana bir shahriga qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 6 sentyabrdan boshlab Urganch-Rim-Toshkent yo‘nalishida parvozlar amalga oshiriladi. 26 avgustdan esa yana Parij yo‘nalishidagi qatnovlar tiklanadi.

Shuningdek, joriy yilning kuz oylaridayoq “Uzbekistan Airways” yo‘lovchilari eng mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Tailand va Malayziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarda sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuningdek, Vetnamga ham aviaqatnovlar tiklanishi rejalashtirilgan, deya xabar beradi Aksionerlik jamiyati axborot xizmati.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA