Azim Suyun 1948-yil 22-fevralda Samarqand viloyatidagi
Nukurt qishlog‘ida tug‘ilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997).
ToshDU ( O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977).
Dastlabki she’riy to‘plami — «Mening osmonim» (1978).
shoirning she’riy majmualari («Zarb», 1979; «Zamin taqdiri», 1981;
«Xayolot»,1984; «Ziyo yo‘li»,1986; «Javzo», 1987;
«Olis tonglar», 1989; «Kuyganim — suyganim», 1
992; «Qora ko‘zing sening», 1994; «Saylanma», 1997;
«Sharq hikmati», 2000; «Ey do‘st», 2005) va bir nechta dostonlari
(«Sarbadorlar», 1981 va boshq.) nashr etilgan.
FEVRAL
Fevral. Ey, do‘st!
Keldingmi, qani,
Bir ko‘rishib qo‘yaylik avval.
Oylar ichra
garchi qadding past,
Lekin qadring baland, mukammal.
Qish chillasin
surasan ortga,
Jilg‘alarda boshlaysan qo‘shiq.
Tezroq ko‘klam
insin hayotga,
Hammadan ko‘p sen unga oshiq.
To‘qqizingda
boshlaysan bir to‘y —
Daxldordir adabiyotga.
Bir qadah sun,
bir qadah may quy,
Bu to‘y yordir abadiyatga!
Mir Alisher
tavallud kuni,
Ortga tashlab ne sanalarni,
Vatan uzra
boshlab yuborar
Hidoyatli tantanalarni.
O, bobomning
nomi yangragay
Qardosh tillar, yot tillarda ham.
Navolari
navozish etgay
Yaqin ellar, yot ellarda ham.
Tog‘u bog‘u
cho‘l-sahrolarda
Gulga qarab ochilgandek gul,
Boku, Maskov,
Tokiolarda
G‘azal ila bog‘lanur ko‘ngil!!!
Fevral. Ey, do‘st!
Keldingmi, qani,
Bir ko‘rishib qo‘yaylik avval.
Oylar ichra
garchi qadding past,
Lekin qadring baland, mukammal.
O‘n to‘rting ham
yetib kelgaydir,
Shoh va shoir keladi otda, —
Sozu sozgar
Zahriddin Bobur
Har g‘azalin kuylar hur Yurtda!
Inja mavqe
maqomlariga
Ne ko‘ngillar ketadi iyib.
Deysan: Dunyo
o‘lmaganniki —
Zoti sharif Boburni suyib.
Ko‘klam yaqin…
aksi-sadosi
Uyg‘otadi dasht to‘rg‘aylarin.
Oh, kuylatib
yuborar hatto
Yobonlarning qamish-naylarin.
Qish oftobin
qo‘ri kun-bakun
Cho‘g‘lanadi tandir cho‘g‘idek.
Kechagi qor
qaydadir bugun,
Ular qochar… qochgan yog‘iydek.
Fevral. O‘sgan
bo‘yingga ta’zim, —
ketding barcha oylardan o‘zib.
Minbarlarda
she’r o‘qir, Azim,
Ne shoirlar yuragin yozib!
Keldingmi, qani,
Bir ko‘rishib qo‘yaylik avval.
Oylar ichra
garchi qadding past,
Lekin qadring baland, mukammal.
Qish chillasin
surasan ortga,
Jilg‘alarda boshlaysan qo‘shiq.
Tezroq ko‘klam
insin hayotga,
Hammadan ko‘p sen unga oshiq.
To‘qqizingda
boshlaysan bir to‘y —
Daxldordir adabiyotga.
Bir qadah sun,
bir qadah may quy,
Bu to‘y yordir abadiyatga!
Mir Alisher
tavallud kuni,
Ortga tashlab ne sanalarni,
Vatan uzra
boshlab yuborar
Hidoyatli tantanalarni.
O, bobomning
nomi yangragay
Qardosh tillar, yot tillarda ham.
Navolari
navozish etgay
Yaqin ellar, yot ellarda ham.
Tog‘u bog‘u
cho‘l-sahrolarda
Gulga qarab ochilgandek gul,
Boku, Maskov,
Tokiolarda
G‘azal ila bog‘lanur ko‘ngil!!!
Fevral. Ey, do‘st!
Keldingmi, qani,
Bir ko‘rishib qo‘yaylik avval.
Oylar ichra
garchi qadding past,
Lekin qadring baland, mukammal.
O‘n to‘rting ham
yetib kelgaydir,
Shoh va shoir keladi otda, —
Sozu sozgar
Zahriddin Bobur
Har g‘azalin kuylar hur Yurtda!
Inja mavqe
maqomlariga
Ne ko‘ngillar ketadi iyib.
Deysan: Dunyo
o‘lmaganniki —
Zoti sharif Boburni suyib.
Ko‘klam yaqin…
aksi-sadosi
Uyg‘otadi dasht to‘rg‘aylarin.
Oh, kuylatib
yuborar hatto
Yobonlarning qamish-naylarin.
Qish oftobin
qo‘ri kun-bakun
Cho‘g‘lanadi tandir cho‘g‘idek.
Kechagi qor
qaydadir bugun,
Ular qochar… qochgan yog‘iydek.
Fevral. O‘sgan
bo‘yingga ta’zim, —
ketding barcha oylardan o‘zib.
Minbarlarda
she’r o‘qir, Azim,
Ne shoirlar yuragin yozib!
***
MEN — YERLIKMAN
Yo qaytarman, yo qaytmasman:shahid, g‘oziy,
Quchog‘ingdan uchib ketdim qanot yozib,
Lekin meni unutmagil kechmish, moziy.
Men — seniki!
Men — Yerlikman!
Nima qilay, tinch qo‘ymaydi hur tafakkur,
Zulmatlarni yondiradi nur tafakkur,
Yuragimga quvvat quyar zo‘r tafakkur.
Men — seniki!
Men — Yerlikman!
Yulduzlardan yulduzlarga o‘tayapman,
Yot sayyora bag‘irlarin titayapman
Va ehtimol yangi tarix bitayapman.
Men — seniki!
Men — Yerlikman!
Yerim — tangrim, nahot sening monanding yo‘q,
Men istagan Hayot, havo — ma’nbaing yo‘q,
E’tiqod yo‘q, muhabbat yo‘q, baxt, ahding yo‘q.
Men — seniki!
Men — Yerlikman!
Har bir lahza yodga tushar bahorlaring,
Osiyoviy, Ovropaviy viqorlaring,
Tongotaru Kunbotar shafaqzorlaring.
Men — seniki!
Men — Yerlikman!
Qaytayapman, o, assalom, Ota Yerim,
Ona Yerim, islaringni sog‘indim dim,
Sayora ko‘p, yulduzlar ko‘p, uzun yo‘lim…
Men — seniki!
Men — Yerlikman!
***
VATAH
O‘zimni tanidim, ko‘klarda uchdim,
Momiq bulutlarning havosin ichdim —
Ko‘zlarim to‘ymadi, ko‘zlardan kechdim.
Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Olis dengizlarda suzdim baliqday,
Ofatijon sohil, yurdim xoliqday,
Dengizim yo‘q garchi, bezdim, toliqdim,
Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Men kezmagan jannat bog‘lar qoldimi?
Oyog‘im yetmagan tog‘lar qoldimi?
Ular jodusiga jon boylandimi?
Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Aytib bo‘lmas ekan dunyolar sirin,
Qalbda bir yapon qiz ismi yashirin.
Tojmahalda ko‘zyosh to‘kkanlarim chin.
Vatan! Ot ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Oh-oh, aylanayin bo‘yingdan o‘zim,
Yuzim o‘zingdirsan, o‘zingsan ko‘zim.
Senga qo‘shiqlarim ko‘p erur mening.
O‘lsam, quchog‘ingda o‘lurman sening!
Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Momiq bulutlarning havosin ichdim —
Ko‘zlarim to‘ymadi, ko‘zlardan kechdim.
Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Olis dengizlarda suzdim baliqday,
Ofatijon sohil, yurdim xoliqday,
Dengizim yo‘q garchi, bezdim, toliqdim,
Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Men kezmagan jannat bog‘lar qoldimi?
Oyog‘im yetmagan tog‘lar qoldimi?
Ular jodusiga jon boylandimi?
Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Aytib bo‘lmas ekan dunyolar sirin,
Qalbda bir yapon qiz ismi yashirin.
Tojmahalda ko‘zyosh to‘kkanlarim chin.
Vatan! Ot ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!
Oh-oh, aylanayin bo‘yingdan o‘zim,
Yuzim o‘zingdirsan, o‘zingsan ko‘zim.
Senga qo‘shiqlarim ko‘p erur mening.
O‘lsam, quchog‘ingda o‘lurman sening!
Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman,
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman!