“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

–Tibbiyot tizimidagi eng katta o‘zgarishlardan yana biri – davlat shifoxonalari bilan birga xususiy meditsina ham rivojlanmoqda,– dedi Prezident. – Masalan, avval bunday xizmatlar faqat stomatologiya bo‘yicha ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozir xususiy klinikalar deyarli barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda va ularning soni 8 mingtaga yetdi.

Xususiy tibbiyot uchun soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalarni qamrab olgan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etildi. Natijada birgina soliq imtiyozlari hisobidan so‘nggi besh yilda xususiy sektor ixtiyorida 1,3 trillion so‘m mablag‘ qoldi.

O‘zA