Bugun soat 10:00da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norbayeva olib bormoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan majlisda senatorlar, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Yalpi majlis “O‘zbekiston” va “Uzreport” telekanalari, shuningdek, Senatning www.senat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi  sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borilmoqda.

O‘zA