2022 yil 1 apreldan boshlab boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi.
Prezidentning joriy yil 10 martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratiladi.
To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
O‘zA