Avtoulov ishonchnomasiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.
Loyihadan maʼlum boʻlishicha, 2019-yil 1-oktyabrdan yaqin qarindoshlar oʻrtasida transport vositasidan foydalanishda notarial tasdiqlanishi shart boʻlgan ishonchnomaning bekor qilinishi belgilangan.
Agar ushbu farmon loyihasi rasman imzolanadigan boʻlsa, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab mashina haydash uchun yaqin qarindoshlarni (ota-ona, er-xotin, bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) sugʻurta polisida koʻrsatishning oʻzi kifoya boʻladi, notariusdan ishonchnoma olish shart boʻlmaydi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu farmon loyihasining muhokamasi 4-avgustga qadar davom etadi.

 

OʻzA