Qozog‘istonda vertolyot qulab tushdi. Hodisada 13 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan

Qozog‘istonning Qizil O‘rda viloyatida ”Mi-8” vertolyoti qulab tushdi. Hodisada 13 nafar harbiy xizmatchi hayotdan ko‘z yumgan. 
Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston mudofaa vazirligi axborotiga asoslanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mi-8 vertolyoti boshqa harbiy vertolyotlar bilan Aqtaudan Chimkentga qarab yo‘l olgan bo‘lgan. Parvoz tunda, noqulay ob-havo sharoitida kechgan.
Hozirda voqea joyida maxsus komissiya halokat sabablarini o‘rganmoqda. “Parvoz qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

 

O‘zA