O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

1. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘.Mirzayev zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024-yil 4-martdagi PQ–111-son qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

R O‘ Y X A T I

Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi

Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi – O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Andijon viloyati bo‘limi artist-maqomchisi

Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi – Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani «Gara guri» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi

Pulatova Mohichexra Temirovna – Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti

To‘xtamishova Gulnora Mels qizi – Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi

Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi – O‘zbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)

Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi – O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi  3-bosqich talabasi

Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti

Eshpo‘latova Mohira O‘tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi (Navoiy viloyati)

Omonboyeva Meruyert Erkin qizi – Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «Qosimqaji-Meruyert» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

Xakimova Dilshoda Oybek qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Savadyan Vilana Arsenovna – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi – Samarqand viloyati Tayloq tumani «Qo‘shchinor» gazetasi muxbiri

Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Irisqulova Kamola Normat qizi – Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)

Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)

Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna – Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi

Tursunboyeva Fotima Botir qizi – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)

Xaqnazarova Umida Ural qizi – Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti

Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi – Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha sportchisi

Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi – Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi

Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi – Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Sapayeva Risolat Rustam qizi – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi

Tosheva Marjana Rustam qizi – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o‘qituvchisi

Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna  – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya san’ati fakulteti 1-bosqich talabasi