O‘zbekiston futzal terma jamoasi bugun, 28 yanvardan 4 fevralga qadar poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz yig‘in davomida amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Ushbu bahslar 2-3 fevral kunlari poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tishi kutilmoqda. Argentina futzal terma jamoasi 18 kishilik tarkib bilan 30 yanvar kuni Toshkentga yetib keladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur uchrashuvlar oldidan ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazadi. Anjuman 1 fevral kuni “Hilton” mehmonxonasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA