O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi hamda “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari tahririyati vakillari Qirg‘iston Respublikasining O‘sh shahrida bo‘lib qaytdi.
Qirg‘iziston Respublikasida o‘zbek tilida chop etiladigan O‘sh viloyati ijtimoiy-siyosiy nashri – “O‘sh sadosi” gazetasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat, qo‘shni davlatlar bilan jadal rivojlanayotgan munosabatlar, xususan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi qo‘shnichilik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi o‘zbek va qirg‘iz xalqini, ayniqsa, chegara hududlari aholisini behad quvontirayotganligi aytildi.
Uchrashuvda O‘sh va andijonlik jurnalistlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib oldilar.