RASMIY XABAR: Toshkent shahriga kirish-chiqish toʻxtatiladi

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash va koronavirus kasalligini respublika hududi boʻylab tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yoʻl) 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qildi.
Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bogʻliq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (roʻyxatdan oʻtgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.

 

OʻzA