Mast holdagi fuqaro turmush oʻrtogʻining qotiliga aylandi

2019-yil 17-iyul kuni soat 21:45 larda fuqaro D.P. (1977-y.t.) sharʼiy nikohdagi turmush oʻrtogʻi R.I. (1963-y.t.) bilan Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-1 dahasida joylashgan yashash xonadonida mast holda oʻrtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida oshxona pichogʻi bilan R.I.ning chap koʻkrak sohasiga bir marotaba urib, qasddan oʻldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan D.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati

 

OʻzA