Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi – 10 136 soʻm miqdorida yigʻim undiriladi.
Hukumat qarori bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangani haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qilmoqda.
Unga muvofiq, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi hamda markaz xodimi tomonidan elektron soʻrovnoma toʻldiriladi.
Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
• pasport nusxasi;
• ishonchnoma asosida harakat qilayotganda uning nusxasi;
• marxumga qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat;
• ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxoʻr boʻlganda – vasiyatnoma va marhumning oʻlimi haqida guvohnoma nusxalari.
Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi (10 136 soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirganidan soʻng 10 daqiqada tegishli FHDYO organiga yuboradi.
FHDYO organi soʻrovnoma tushganidan 1 ish soati mobaynida QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushganidan soʻng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va xabardor qiladi.
OʻzA