Toshkent modalar haftaligi oʻtkaziladi

Goʻzallik va nafosat shaydolari uchunkuz faslining betakror tuhfalaribisyor. Poytaxtimizda joriy yilning 21-26 noyabr kunlari Toshkent modalar haftaligi boʻlib oʻtadi.

“Osiyo ramzi”Oʻzbekiston Respublikasi dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi tashkil etayotgan haftalik doirasidagi tadbirlargadunyoning bir necha davlatlaridan sohaga oid taniqli mutaxassislar, yetakchi dizayner va ekspertlar tashrif buyurishikutilmoqda.

Dasturga binoan Milliy liboslar festivali, Modalarnamoyishi, yosh dizaynerlar tanlovi, mahalliy va xorijiy dizaynerlarning koʻrgazmalichiqishlari, xayriya aksiyasi kabi tadbirlarnioʻtkazish koʻzda tutilgan. Ayniqsa, xorijiy va mahalliy dizaynerlarning “master-klass”lari, shuningdek, toʻqimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak koʻrgazmalari barchada katta taassurot qoldirishi aniq.Shuningdek, Oʻzbekistonda ilk marta Moda haftaligidoirasida Xitoy elchixonasi bilan birgalikda dizayn va soha boʻyicha innovatsiyalarga bagʻishlangan “Xitoy modasi kuni” va Xalqaro forumi oʻtkaziladi.

Moda haftaligiliboslar olamida oʻzbek moda brendini targʻib qilish va ragʻbatlantirish, dizaynerlarga oʻz kolleksiyalarini namoyish etish va tomoshabinlarga zamonaviy moda anʼanalarini baholash imkoniyatini beradi. Moda haftaligining tadbirlari professional muhitni shakllantirishga, global moda sanoatining xalqaro hamkorlik hududini kengaytirishga xizmat qiladi.

Muxtasar aytganda, ushbu modalar haftaligi isteʼdodli dizaynerlar, hunarmandlar va mutaxassislarni yuzaga chiqaradi va birlashtiradi. Haftalik oʻzbek liboslarining betimsol zamonaviy ruhdagi bejirimligi va qadimiy anʼanalarning uzviyliginiyana bir bor namoyish qiladi. Soha ixlosmandlari va ishtirokchilar qiziqarli hamda kutilmagan, eksklyuziv moda dunyosi yangiliklari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

Gulandom Togʻayeva, OʻzA