Poytaxtimizning Sayilgoh ko‘chasida davom etayotgan «O‘zbegim» milliy qadriyatlar festivali doirasida o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan 7 360 kilogrammlik palov tayyorlandi.
Palov tayyorlanish jarayonini Guinness World Records vakillari bevosita kuzatib bordi.
– Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilish uchun taomga to‘rt tonna masalliq sarflanishi kerak edi, – deydi Guinness World Records vakili Richard Stening. – Bugun ushbu talab oshig‘i bilan bajarildi. Palovni tayyorlash jarayonida Ginnesning rekordlari kitobi talablariga to‘liq rioya qilindi. Demak, palov tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi. Bu, albatta, Ginnesning rekordlar kitobiga qayd etiladi.
Festival jarayonlari: suratlar bilan ushbu havolada tanishing.