Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 11,5 trillion so‘m kredit yo‘naltirilishi belgilandi. Bu mablag‘larni samarali ishlatish uchun har bir tuman va shaharni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi.
Xorazmda Xitoy tajribasi asosida “uy sanoati” rivojlantiriladi. Masalan, Bog‘ot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir va Urganch tumanlarida jun va pillani qayta ishlash salohiyati katta, Hazorasp, Xiva, Tuproqqal’a va Xonqada qo‘l mehnati asosida gilam to‘qish ommalashgan
Ushbu tumanlarda ipakchilik va gilamchilik kooperatsiyalari tashkil qilinib, kamida 10 mingta oila o‘qitiladi. Ularga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. Bu tarmoqqa viloyat bo‘yicha joriy yilda qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
O‘zA