Beruniy tumanining Xorazm mahallasidagi 2 gektarga yaqin qarovsiz, foydalanilmasdan turgan hududda 2-sektor tashabbusi bilan “Xotira bog‘i” tashkil etilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi raisi T.Poyonov, tuman faollari “Xotira bog‘i” loyihasi bilan tanishib, dastlabki ko‘chatlarni ekishdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etdi. Boqqa hududning iqlim sharoitiga mos 600 tup mevali, 300 tup manzarali ko‘chat ekildi va sug‘orish tizimi bilan ta’minlandi. Shuningdek, maskanda dam olish joylari, gulzorlar tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.