Qoraqalpog‘iston Respublikasida velosport bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqich yakkalik poygasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Shosse yo‘nalishida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar bahsida Asal Rizayeva 15 km masofani birinchilardan bo‘lib bosib o‘tdi. U-16 toifasida esa Samira Ismailova, o‘smir qizlar orasida Sabrina Altinbekovaga teng keladigani topilmadi.

Mazkur musobaqaning navbatdagi bosqichi U-18 va U-14 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Unda velopoygachilar guruh poygasida o‘zaro bahslashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri