Soliq qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning iyul oyida 2,6 milliondan ortiq iste’molchi xaridlar natijasida 151 milliard so‘mga yaqin keshbek yiqqan.

Shundan 1,6 milliondan ortiq iste’molchiga ayni paytda 86,4 milliard so‘m to‘lab berildi. Ushbu iste’molchilar ajratilgan mablag‘ni bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

Mobil ilova joriy etilganidan beri esa 1,5 trillion so‘mdan ortiq keshbek to‘lab berildi.

O‘zA