O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari ijobiy tendensiyada rivojlanmoqda. Hozirda ikki tomonlama hamkorlik yanada jadallashdi. Ayniqsa, savdo-iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida Xitoyning Shinjon avtonom okrugidan kelgan delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari, xususan, dukkakli, yong‘oq, dorivor o‘simliklar yetishtirish, cho‘l va sho‘rlangan yerlarda tomchilab sug‘orish tizimlari barpo etish borasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
Shuningdek, sut va go‘sht yetishtirish hamda muqobil energiya yordamida issiqxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar Xitoyning Xotan hududida “bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida agrar tarmoqda yangi hamkorlik yo‘llarini ochish va amaldagilarni mustahkamlashga kelishib olindi. Shuningdek, O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasida eksport-import hamkorligini rivojlantirish ishbilarmonlik munosabatlarini yanada yaxshilashda muhimligi qayd etildi.
Nilufar Bozorova,
O‘zA