Bayonotga ko‘ra, Bayden “Turkiya yetakchisini qayta prezident etib saylangani bilan qutladi”.
“Ular mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida yaqin sheriklar sifatida o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha umumiy majburiyatlari borligini e’tirof etishdi”, deyiladi hujjatda.
Suhbatdoshlar NATO ittifoqchisi sifatida mintaqaviy va global muammolarga, jumladan, Vilnyusda 11-12 iyul kunlari o‘tadigan Alyans sammitida transatlantik xavfsizlikni mustahkamlashga javob berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi”.
Bayonotda aytilishicha, amerikalik yetakchi turkiyalik hamkasbi bilan Shvetsiyaning NATOga kirishi masalasini ham ko‘rib chiqishgan. Davlat rahbarlari bu boradagi muzokarani kelasi haftada davom ettirishga kelishib olganlar.
O‘zA