Xitoy xalqaro maydonda Yevropaning strategik mustaqilligi tarafdori. Bu haqda XXR Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi rahbari Van I Vengriya Tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuv chog‘ida aytgan.
Van Ining “sovuq urush davridagi mentalitetining tiklanishi va bloklar qarama-qarshiligining vujudga kelishi Yevropaning uzoq muddatli rivojlanishiga yordam bermaydi”, degan so‘zlaridan iqtibos keltiradi Xitoy TIV matbuot xizmati.
“Xitoy Vengriya bilan ko‘p tomonlama va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga ko‘maklashish niyatida”.
Uning qayd etishicha, Pekin Budapeshtning Xitoyga nisbatan do‘stona siyosatini yuksak qadrlaydi. “Bu Vengriya davlati va xalqi manfaatlariga, Xitoy va Yevropaning umumiy manfaatlariga hamda hozirgi rivojlanish tendensiyalariga mos keladi”, deb qo‘shimcha qilgan Van I.
O‘zA