Misr poytaxti Qohirada sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari boshlandi.
Birinchi kungi bahslar yakuniga ko‘ra, Oksana Chusovitina tayanib sakrash, Dildora Aripova esa turli balandlikdagi bruslarda mashq dasturida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bugun, 28 aprel kuni saralash bosqichining ikkinchi kungi bahslari o‘tkaziladi.
Jahon kubogining Misrda o‘tayotgan ushbu bosqichida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar Belgiyada o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolariga ega bo‘ladi. Belgiyaning Antverpen shahrida kechadigan dunyo birinchiligi esa “Parij-2024” Olimpiadasi yo‘llanmalarini taqdim etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA