Yoshlar soxta qadriyatlarga qarshi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiev, Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiya dotsenti Oʻ.Palvanov hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi Q.Omonboyevlar tomonidan “Ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi kurashish” mavzusida Toshkent Gumanitar fanlar universitetida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan qonun ustuvorligi, din bilan bog‘liq jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar ongida milliy va ma’naviy qadriyatlarni barbod qilish, “ommaviy madaniyat”ga asoslangan soxta qadriyatlarni singdirishga qarshi kurashish va ularga qarshi samarali mexanizmlarni amalga oshirish to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Tardbirda taʼkidlanganidek, bugungi kunda zamon internet rivojlangani sari, yoshlar ongini zaharlaydigan yot gʼoyalar ham tobora koʼpayib bormoqda. Bu barchamizga maʼlum.
Turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar taʼsiri oqimi bizning yoshlar ongiga notoʻgʻri informatsiya boʼlib oʼrnashib qolayotgani achinarli hol.

Yoshlar tadbirda qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Maftuna Yusupbaeva,
QMU, Teleradio jurnalistika yunalihsi 3-bosqich talabasi.
Qoraqalpogiston axborot agentligi.