Hanzala nomi bilan tanilgan xakerlar guruhi Isroil armiyasiga aloqador kompaniya ma’lumotlari bazasidagi maxfiy axborotlar qo‘lga kiritilganini e’lon qildi. Bu haqda “IRNA news” yozdi.

Falastinning “Sama’” axborot agentligi yozishicha, mazkur guruh sionistlar armiyasining 8200-bo‘linmasiga tegishli 40 terabayt hajmdagi maxfiy hujjat va ma’lumot joylashtirilgan manbaga kirgan.

Ayrim ommaviy axborot vositalari xakerlar qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qildi.

“8200” Isroil armiyasining razvedka bo‘linmasi bo‘lib, elektron josuslik va kiber makondan to‘plangan ma’lumotlar shifrini ochish uchun javobgar hisoblanadi.

Darvoqe, aynan shu xakerlar guruhi avvalroq Isroil urush vazirligiga qarashli “Appletec” kompaniyasini ham hayratda qoldirgandi. O‘shanda Hanzala ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Isroil harbiylari uchun nozik elektron va optik tizimni loyihalash uchun mas’ul kompaniya maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritganini yozgan edi.