Jizzaxda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi bahslari qizg‘in o‘tmoqda.

Chempionatning navbatdagi kunida erkaklar o‘rtasidagi 90 kg. vazn toifasida Azizbek Avazmurodov so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida Shahzodxo‘ja Sharipovni dog‘da qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu vaznda yarim finalga yetib kelgan Umar Bozorov va Nurbek Murtazoyev bronza medali bilan taqdirlandi. 100 kilogrammgacha vazn toifasida Zufarbek O‘rolov, Rufat Xudakov, Muhammadali Tangriyev hamda Ernazar Sarsenbayev shohsupaga ko‘tarildi.

Ayollar orasida vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar orasida Shirinjon Yo‘ldoshev oltin medalga ega chiqdi. Shuningdek, bu vaznda Toygul Hamroyeva kumush, Shohista Nazarova va Farangiz Hojiyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

-78 kg. vaznda Marjona Ko‘chimova, Muxlisa Turdiyeva, Shoira Aminova hamda Sevinch To‘raqulova shohsupaga ko‘tarilib, mamlakat chempionatining g‘olib va sovrindorlari deya e’tirof etildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA