BAAning Al Ayn shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* tasnifidagi xalqaro turnirda chavandozlarimiz navbatdagi g‘alabaga erishdi.

Aniqrog‘i, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahmon Abdullayev 145 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda “Otto Van De Achyerhoek” laqabli tulpori bilan belgilangan masofani 26.24 soniyada birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda chavandozimiz “Chicarito” nomli oti bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha musobaqaning 140 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot bilan sakrash dasturida “Santos Hippica” laqabli tulpori bilan ishtirok etgan hamyurtimiz Bekzod Qurbonov birinchi pog‘onadan joy olgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA